ISFT Instituti: post #3909 — TG.ME

🎓 Mustaqil izlanuvchilik uchun suhbat bo‘lib o‘tdi!

Joriy yilning 26-avgust kuni ISFT institutida IV chorakda mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan 8 nafar talabgor uchun tegishli ixtisosliklar bo‘yicha suhbat jarayoni o‘tkazildi.

➖ 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
➖ 08.00.11 - Marketing
➖ 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
➖ 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya

⏺ Mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihoni va suhbatda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar o‘zlarining bilim darajasi va ilmiy salohiyatlarini namoyish etdilar.

⏺ Har bir ixtisoslik bo‘yicha tuzilgan ekspert komissiyasi tomonidan talabgorlarning bilimi baholandi, yakunda suhbat natijalari e’lon qilindi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarning kelgusi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!
🚀


ISFT — orzularingiz ro‘yobi!

🌐 isft.uz 📝Telegram
📝Facebook💻Instagram
🎞 YouTube 📱 Pinterest
1❤11
August 27, 2026 2.8K 37 2