Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi: post #2839 — TG.ME

🌱 Ko‘p yillik mehnat — yuksak e’tirofga munosib

📆 Markazda uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib, o‘zining boy tajribasi, fidoyiligi va mas’uliyati bilan jamoamiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ikki nafar xodimimizning ulug‘ yoshga to‘lishi munosabati bilan samimiy tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Tadbir davomida yubilyarlarga Markaz rahbariyati va jamoasi nomidan ezgu tilaklar bildirilib, ularning ko‘p yillik samarali mehnati hamda jamoa hayotidagi munosib o‘rni alohida e’tirof etildi.

✅ Aziz hamkasblarimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va farovonlik tilaymiz. Ularning boy hayotiy va kasbiy tajribasi yosh avlod uchun hamisha ibrat bo‘lib xizmat qilsin.

Ulug‘ yoshingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Veb-sayt | Bot
❤5👏5🔥1🥰1
August 10, 2026 316 6