O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim… — Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi — TG.ME

🌾🌾🌾🌾🌾🌾

🌱O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov dunyoning oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan yetakchi olimlar, siyosatchilar va innovatorlarni birlashtirgan “2026-yilning eng ilg‘or agrosanoat pionerlari” (Top Agri-food Pioneers) xalqaro ro‘yxatidan o‘rin oldi.

🗣Har uch yilda bir marta e’lon qilinadigan ushbu nufuzli ro‘yxatga bu yil Avstraliyadan O‘zbekistongacha bo‘lgan 30 davlat va olti qit’adan 40 nafar yetakchi mutaxassis kiritildi. Ular qatoridan o‘rin olish mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va innovatsion yondashuvlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

📰Mazkur yuksak e’tirof Ibrohim Abduraxmonovning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarining xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak baholanganini ko‘rsatadi.

✅Batafsil o‘qish uchun quyidagi havolani bosing: https://www.worldfoodprize.org/index.cfm/87428/49483/40_food_security_trailblazers_recognized_by_world_food_prize_foundation_in_top_agrifood_pioneers_list

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
❤2👍2
June 18, 2026 390 1