Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi: post #2831 — TG.ME

🌱 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Qishloq hayoti” gazetasining 2026-yil 4-iyundagi 23-sonida e’lon qilingan “Qishloq xo‘jaligidagi yangi davr xususida: Yaxshi urug‘ – aqlli kompyuter, ya’ni “hardware”, to‘g‘ri agrotexnika esa uni ishlatadigan “software” sarlavhali maqolasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

📰 Yig‘ilish davomida maqolada ilgari surilgan qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarning roli, zamonaviy seleksiya yutuqlari, urug‘chilik tizimini takomillashtirish, hosildorlikni oshirishda agrotexnik tadbirlarning ahamiyati hamda epigenetik yondashuvlarning istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

🌱Shuningdek, iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, yangi avlod navlarini yaratish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣Muhokamalar yakunida Markaz xodimlari tomonidan maqolada ko‘tarilgan ustuvor vazifalarni chuqur o‘rganish, ularni tahliliy faoliyat va amaliy loyihalar bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

✅Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Veb-sayt | Bot
👍2
June 12, 2026 826 11