O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Qishloq hayoti” gazetasining 2026-yil 4-iyundagi 23-sonida e’lon qilingan “Qishloq xo‘jaligidagi yangi davr xususida: Yaxshi urug‘ – aqlli kompyuter, ya’ni “hardware”, to‘g‘ri agrotexnika esa uni ishlatadigan “software” sarlavhali maqolasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida maqolada ilgari surilgan qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarning roli, zamonaviy seleksiya yutuqlari, urug‘chilik tizimini takomillashtirish, hosildorlikni oshirishda agrotexnik tadbirlarning ahamiyati hamda epigenetik yondashuvlarning istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, yangi avlod navlarini yaratish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalar yakunida Markaz xodimlari tomonidan maqolada ko‘tarilgan ustuvor vazifalarni chuqur o‘rganish, ularni tahliliy faoliyat va amaliy loyihalar bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.