Ipak Yuli Bank: post #6152 — TG.ME

Ipak Yuli Bank Silk Road Finance & Technology Forum'da

Silk Road Finance & Technology Forum Markaziy Osiyoning moliyaviy bozori kelajagini muhokama qilish uchun regulyatorlar, banklar, fintech va texnologik kompaniyalarni bir maydonda jamladi.

Ipak Yuli Bank uchun bunday muloqotda ishtirok etish — tajriba va ekspertiza bilan bo‘lishish, fikr almashish hamda zamonaviy moliyaviy ekotizimning rivojlanish yo‘nalishlarini bozor ishtirokchilari bilan birgalikda shakllantirish imkoniyatidir.

Forum doirasida Bankimiz CEO’si Umid Xakimov «Sun’iy intellekt davrida ishonch: kiberbarqarorlik va to‘lov tizimlarida firibgarlikning oldini olish» mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etdi. Unda sun’iy intellekt davrida kiberxavfsizlik va firibgarlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

Sun’iy intellekt moliyaviy sektor uchun yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Shu bilan birga, u kiberxavflarning xususiyatini ham o‘zgartirib, xavfsizlikka yangi yondashuvlarni talab qilmoqda.

Biz ishonamiz: moliyaning kelajagi — nafaqat innovatsiyalar va tezlik, balki ishonch bilan foydalaniladigan texnologiyalardir. Ipak Yuli Bank rivojlanishida aynan shu tamoyilga tayanadi.


Ipak Yuli Bank — katta maqsadlar sari 💚

———

Ipak Yuli Bank на Silk Road Finance & Technology Forum

Silk Road Finance & Technology Forum объединил регуляторов, банки, финтех- и технологические компании для обсуждения будущего финансового рынка Центральной Азии.

Для Ipak Yuli Bank участие в таком диалоге — возможность делиться опытом, обмениваться экспертизой и вместе с участниками рынка формировать развитие современной финансовой экосистемы региона.

В рамках форума наш CEO Умид Хакимов принял участие в дискуссии «Trust at the Speed of AI: Cyber Resilience & Fraud Defence for Payment Rails», посвящённой кибербезопасности и борьбе с мошенничеством в эпоху искусственного интеллекта.

AI открывает новые возможности для финансового сектора, но одновременно меняет характер киберугроз и требует новых подходов к безопасности.

Мы убеждены: будущее финансов — это не только инновации и скорость, но и технологии, которым доверяют. Именно на этом принципе мы развиваем Ipak Yuli Bank.

Ipak Yuli Bank — ради больших целей 💚
❤9🔥5🤩4✍1👍1🥰1🤝1💅1🆒1