"INTILISH" EVH 🌱: post #650 — TG.ME

🌍 5-iyun Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan ekoaksiya o'tkazildi

🌱 Ekolog.uz vakillari hamda Surxondaryo viloyati Volontyorlar maktabi  ekovolontyorlari tashabbusi  bilan  Termiz shahrining Farovon turarjoy massivida plogging aksiyasi o'tkazildi.

🌎 Ekoaksiya davomida ekofaollar tomonidan 100 kilogrammga yaqin, belgilanmagan joylarga tashlangan  plastik   chiqindilar yigʻildi.

O'ylaymizki, bu kabi ekoaksiyalar  yoshlar o'rtasida ekologik savodxonlikni oshirish bilan birgalikda yurtdoshlarimizning ekologik madaniyati  shakllanishiga ham  xizmat qiladi.

Kanalga ulanish:
@intilish_evh
⚡1❤1
June 5, 2025 150 2