5-iyun Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan ekoaksiya o'tkazildi
Ekolog.uz vakillari hamda Surxondaryo viloyati Volontyorlar maktabi ekovolontyorlari tashabbusi bilan Termiz shahrining Farovon turarjoy massivida plogging aksiyasi o'tkazildi.
Ekoaksiya davomida ekofaollar tomonidan 100kilogrammga yaqin, belgilanmagan joylarga tashlangan plastik chiqindilar yigʻildi.
O'ylaymizki, bu kabi ekoaksiyalar yoshlar o'rtasida ekologik savodxonlikni oshirish bilan birgalikda yurtdoshlarimizning ekologik madaniyati shakllanishiga ham xizmat qiladi.