Sizda tabiatni asrash, qayta tiklanadigan energiya, chiqindilarni… — "INTILISH" EVH 🌱 — TG.ME

Forwarded from𝔹𝔹𝕖𝕜𝕞𝕦𝕣𝕠𝕕 ℝ𝕒𝕩𝕞𝕠𝕟𝕠𝕧
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi📩 Ekologiyaga oid innovatsion startaplarni yo‘llang! Sizda tabiatni asrash, qayta tiklanadigan energiya, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslarini tejash yoki havo sifatini yaxshilash borasida innovatsion g‘oyalar bormi? Unday bo‘lsa, eng yaxshi ekologik…
Sizda tabiatni asrash, qayta tiklanadigan energiya, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslarini tejash yoki havo sifatini yaxshilash borasida innovatsion g‘oyalar bormi? Unday bo‘lsa, eng yaxshi ekologik startaplar tanlovida ishtirok eting va Markaziy Osiyoda ilk marta o‘tkazilayotgan EcoExpo 2025 ko‘rgazmasida qatnashish imkonini qo‘lga kiriting!

1
 Startaplar qanday yo‘nalishda bo‘lishi kerak? 
 • Atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan texnologiyalar; 
 • Chiqindini kamaytirish yoki qayta ishlashga doir loyihalar; 
 • Qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha yangiliklar; 
 • Tabiat resurslarini tejashga qaratilgan ekologik yechimlar; 
 • Suv va havoni tozalashga doir intellektual yechimlar. 
 
 Qanday yordam beramiz? 
 
 • Har bir viloyatdan kamida 10 ta startapga bepul 6 kvadrat metr joy ajratiladi va ekologik masalalarga bag‘ishlangan taqdimotlarni joylashtirishda moddiy yordam ko‘rsatiladi; 
 • Eng yaxshi 5 startap moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi; 
 • Mutaxassislardan mentorlik yordami; 
 • Ekologik hamkorliklar uchun qulay platforma. 
 
 Taqdimotlarni qabul qilish muddati: 5 iyun 
 Taqdimotni yo‘llash uchun pochta: [email protected] 
 
 Atrof-muhitni asrashga yo‘naltirilgan innovatsion g‘oyangizni biz bilan birga amalga oshiring va eng yaxshi startaperlar qatorida bo‘ling!
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
Rasmiy vebsayt: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
May 19, 2025 130