Yangi 2026-yil rejasini KODEKS asosida 1 kunda tuzish algoritmi… — INSAN BOOKS | SAMARALI BIZNES QOʻLLANMALAR — TG.ME

Yangi 2026-yil rejasini KODEKS asosida 1 kunda tuzish algoritmi

Oldingi postda bitta muhim xulosaga keldik:
📌 Reja — niyat emas, boshqariladigan hujjat bo‘lishi kerak.

Endi savol:
Buni amalda qanday qilamiz?

Quyida sizga KODEKS asosida 2026-yil rejasini 1 kunda tuzish mumkin bo‘lgan aniq algoritmni beraman.

Hech qanday motivatsion gap yo‘q.
Faqat tizim.

1-QADAM. Oliy maqsadni aniqlash (30 daqiqa)

Ko‘pchilik shu yerda xato qiladi:
“Ko‘proq pul topamiz”
“Katta bo‘lamiz”

📘 KODEKS nima deydi?
“Oliy maqsad — pul emas, pulni tartib bilan olib keladigan sabab.”


Savol:
- Biznesingiz jamiyatga qanday foyda beradi?
- Qaysi muammoni tizimli hal qilyapti?
👉 1 ta aniq jumla bilan yoziladi.
Bu — 2026-yilning yo‘nalish kompasingiz bo'ladi.
🧭

2-QADAM. 3 ta asosiy ko‘rsatkichni tanlash (1 soat)
2026-yil uchun faqat 3 ta asosiy natija belgilanadi:

Masalan:
Oylik sof foyda
Asosiy mahsulot hajmi
Mijozdan takroriy xarid %
10–15 ta maqsad yozmang — bu nazoratsizlik.
“Hammasini yaxshilaymiz” degan gap ishlamaydi.

📘 KODEKS qoidasi:
“Nazorat qilinmaydigan natija — maqsad emas.”


3-QADAM. Natijani jarayonga ajratish (2 soat)
Endi eng muhim joy.

Har bir natija uchun savol:
Qaysi JARAYON o‘zgarsa, bu natija chiqadi?

Masalan:
👉 Savdo oshishi uchun:
Sotuv skripti
Mijoz bilan ishlash tartibi
Taklif berish vaqti

📘 KODEKS formulasi:
Natija → Jarayon → Standart


Agar jarayon yozilmasa — xodim eski uslubda ishlaydi.

4-QADAM. Jarayonni standartga tushirish (2–3 soat)

Bu yerda reja hujjatga aylanadi.

Har bir jarayon uchun:
Nima qilish shart?
Nima qilish TAQIQLANADI?
Kim javobgar?

📘 KODEKSning asosiy kuchi shu yerda.
Yozilgan standart:
tushunmovchilikni keskin kamaytiradi
bahonani yo‘q qiladi
rahbarni kundalik mayda nazoratdan chiqaradi

5-QADAM. Nazorat nuqtasini qo‘yish (1 soat)
Oxirgi va eng ko‘p unutadigan qadam.

Har bir standart uchun:
Kim tekshiradi?
Qachon?
Qaysi shaklda?

📘 KODEKS oltin qoidasi:
“Nazorat bo‘lsa — reja ishlaydi. Nazorat yo‘q joyda eng zo‘r reja ham o‘ladi.”


🔑 Yakuniy xulosa

2026-yil rejasi:
1 kunda tuziladi
1 yil ishlaydi
har hafta tekshiriladi

Agar u:
yozilgan bo‘lsa
standartga tushgan bo‘lsa
nazorat qilinayotgan bo‘lsa
Savol:
Sizda 2026-yil rejasini kim tekshiradi?

Biznes samaradorligini oshiruvchi qoʻllanmalar 👉 kanal
👍1
January 12, 2026 111