🍽️ Kotletli yengil taom (Kartoshka jarkop bilan) Assalomu alaykum, do‘stlar! Bugun sizlar bilan mazali va yengil kotletli taom tayyorlaymiz. Juda oddiy va mazasi zo‘r 😋 🥩 Kotlet uchun: - Mol go‘shti 0.5 kg - Piyoz 1 dona - Kartoshka 1 dona - Tuxum 1 dona - Non talqoni - Tuz va ziravorlar 🥔 Kartoshka jarkop uchun: - Yangi kartoshka 1.5 kg - Yangi sabzi 2 dona - Piyoz 2 dona - Chisnok 3–4 dona - Balgariski (yashil va qizil) - Tomat - Tuz va ziravorlar - Suv 👨🍳 Tayyorlanishi: 1. Go‘sht, piyoz va kartoshkani maydalab, tuxum va ziravorlar qo‘shib kotlet tayyorlaymiz. 2. Kotletlarni shakl berib, yog‘da qizartirib olamiz. 3. Qozonda piyoz, sabzi va kartoshkani qovuramiz. 4. Tomat, balgariski, chisnok va ziravorlar qo‘shamiz. 5. Suv quyib, biroz dimlaymiz. 6. Oxirida kotletlarni qo‘shib 10 daqiqa pishiramiz. Agar retsept yoqqan bo‘lsa лайк bosib, saqlab qo‘ying va yaqinlaringizga ulashing 🤍 Tez kunda yana yangi retseptlar bilan chiqaman!
Kotletli yengil taom (Kartoshka jarkop bilan) Assalomu alaykum… — ILTIJO FOOD — TG.ME
April 5, 2026 469 3