Omma oldidagi “taqvodor”... Minglab o‘quvchilarga dars berasan… — Abbos Abdullayev | Ingliz tili — TG.ME

Omma oldidagi “taqvodor”...

Minglab o‘quvchilarga dars berasan — bolalar faqat yaxshi tomoningni ko‘radi.

Blog yozasan — obunachilarga faqat ijobiy xislatlaringni ko‘rsatasan.

Chiroyli kiyinib, mehmonga borasan — erishgan yutuqlaring bilan maqtanasan.

Insonlar maqtaydi — o‘zingni noqulay his qilasan.

Aslida kimligingni o‘zing yaxshi bilasan..

Gunohlaringni ko‘rsatolmaysan — berkitishga buyurilganmiz.

Kamchiliklaringni o‘quvchilarga aytolmaysan — o‘rnak olishi mumkin.

Qarindoshlaringga ayblaringni aytmaysan — o‘rni emas.

Nima qilsam ekan deb turganingda Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning insonlar ularni maqtaganlarida qilgan duolari esingga tushadi:

«Yo Alloh, meni ular o‘ylagandan-da yaxshiroq qilgin. Ular men haqimda bilmaganlarini mag‘firat qilgin».

@ustoz_kundaligi
❤‍🔥10🙂8⚡6
August 31, 2026 290 1