Qur'oni Karim suralari, oyatlari, gaplari, kalimalari va harflarining… — Ilm duri — TG.ME

📌Qur'oni Karim suralari, oyatlari, gaplari, kalimalari va harflarining miqdori

Qur'oni Karimda 114 ta sura mavjud bo'lib, bulardan 82 tasi Makkai Mukarramada nozil bo'lgan bo'lib, 20 tasi esa Madinai Munavvarada nozil bo'lgan va qolgan 12 tasi ixtilof bor suralardir.

🔽Madinai Munavvarada nozil bo'lgan suralarning 20 tasi quyidagilardir:
1. Baqara surasi
2. Oli Imron surasi
3. Niso surasi
4. Moida surasi
5. Anfol surasi
6. Tavba surasi
7. Nur surasi
8. Ahzob surasi
9. Muhammad surasi
10. Fath surasi
11. Hujurot surasi
12. Hadid surasi
13. Mujodala surasi
14. Hashr surasi
15. Mumtahana surasi
16. Jumu'a surasi
17. Munofiqun surasi
18. Taloq surasi
19. Tahrim surasi
20. Nasr surasi

🔽12 tasida ixtilof bor suralar quyidagilardir: (Ba'zi mufassirlar Makkiy va ba'zilari Madaniy deydilar.)
1. Fotiha surasi
2. Ra'd surasi
3. Ar-Rohman surasi
4. Soff surasi
5. Tag'obun surasi
6. Takvir surasi
7. Qadr surasi
8. Bayyina surasi
9. Zalzala surasi
10. Ixlos surasi
11. Falaq surasi
12. Naas surasi

🔽Qolgan 82 ta sura Makkiydir ya'ni Makkada nozil bo'lgandir.

Siroji Mahdoniya kitobida keltirilishicha Qur'oni Karimda 114 ta sura, 6666 ta oyat, 36002 ta gap, 66600 ta kalima va 216700 harf mavjud.

Qayumov Sofvatulloh


📚 @ilm_duri
👍23😇7✍2
August 28, 2026 2.9K 61