Joriy yilning 4 sentyabr kuni Toshkent shahar IIBB Yagona tezkor boshqaruv markazidan Yashnobod tumani Qo‘riqlash xizmati navbatchilik qismiga tuman hududida harakatlanayotgan jamoat transportida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qidiruvda bo‘lgan shaxs borligi ma’lum qilingan.
Mazkur xabar asosida Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida qidiruvda bo‘lgan shaxs zudlik bilan qo‘lga olindi.
———
Жорий йилнинг 4 сентябрь куни Тошкент шаҳар ИИББ Ягона тезкор бошқарув марказидан Яшнобод тумани Қўриқлаш хизмати навбатчилик қисмига туман ҳудудида ҳаракатланаётган жамоат транспортида Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг тегишли моддалари билан қидирувда бўлган шахс борлиги маълум қилинган.
Мазкур хабар асосида Қўриқлаш хизмати ходимлари томонидан кўрилган чора-тадбирлар натижасида қидирувда бўлган шахс зудлик билан қўлга олинди.
Sahifalarimizga obuna bo'ling!



