Ta’limda juda ko’p xato tushunchalar bor. Masalan o’quvchilar biz pul bersak bo’ldi ustoz o’qitishga majbur deb o’ylashadi.
Bir tomondan bu to’g’ri. Haqqini bergach talab qilishga huquqingiz bor. Lekin siz to’lamaydigan ammo ustozlar bajaradigan bir talay ishlar bor:
- sizda motivatsiya qolmaganda siz bilan shaxsan ishlash;
- ota-onangiz bilan doimiy muloqotda bo’lish , sizda muammolar bo’lsa ota-ona bn birlashib muammoni hal qilish;
- darsdan keyin, oldin yoki kechqurun siz bajargan qo’shimcha vazifalarni sizning iltimosingizga ko’ra bajarish;
- szda hech qaysi metod samara bermasa asabiylashish, jon kuydirish , sizga moslashishga harakat qilish
- siz past natija olsangz sizga qo’shilib siqilish
Yuqoridagilarning hech biriga pul to’lamaysz. Shu sabab hech bo’lmasa ustozingizni hurmat qilishni o’rganing chunki offline ustozlar onlayn ustozlardan farqli ravishda :
- mana bu bepul dars
- mana bu bepul kitob
- mana bu bepul kurs
- 100 ta yurakcha bossangz tekinga beraman shu kitobni kabi trenddagi gaplarni ishlatishmaydi
Men yaqin 3-4 oyda kuzatib hayratda qolgan jihatlar:
- o’quvchilar kelganda salom berishadi , ammo ketayotganda ‘ mollar’ dek jimgina xayr-manzil qilmasdan chiqib ketishadi. Birgina Goodbye so’zi ham og’irlik qiladigan zamonda yashayapmz hozir
- siz telegram guruhda qandaydir ko’rsatma yoki yo’nalish berasiz. Xabaringiz o’qiladi lekin reaksiya bildirilmaydi - xo’p, tushundim kabi. Lekin biror bir ‘bepul’dars o’tadigan ustoz qayerga borgani, qanaqa ovqat yegani yoki boyfriendidan qanaqa sovg’a ogani haqidagi rasmlar yoki videolarga yotvolib reaksiya bosishadi
- uyga vazifa qilmasa jazolasangz xuddi siz asosiy aybdordek sizga o’qrayib qarashadi va ko’pincha sizga dohiyona so’zlar bilan gap qaytarishadi
Bir narsani tushunishingiz kerak: Har bir inson- ayniqsa jamiyatda aksariyat insonlar tomonidan eng past tabaqa deb qaraladigan ustozlar ham avvalo qadrli bo’lishni xohlashadi boy bo’lishdan ko’ra
Ustozni hurmat qilsangiz u o’zini qadrli deb his qiladi. Sizga yordam berish uchun jon-jahdini berib dars beradi! Siz bergan pullar hatto hayoliga ham kelmaydi, ishonavering!