FENSYANDAGI XALQ MADANIYATI KO‘ZGUSI ⚡️ Xalqaro ekspeditsiyaning… — ICRICH — TG.ME

🔸FENSYANDAGI XALQ MADANIYATI KO‘ZGUSI
 
⚡️ Xalqaro ekspeditsiyaning Shanxaydagi ilmiy safari tig‘iz dastur ostida o‘tdi. Xalq moddiy va nomoddiy madaniyati aks etgan muzeylar ekspeditsiyaning muhim tashrif obyektlari bo‘ldi. Fensyan muzeyi navbatdagi o‘rganish nuqtasi bo‘ldi.

🌇 Muzey Xitoyning Shanxay shahri Fensyan tumanida joylashgan zamonaviy va yirik madaniy-tarixiy majmuadir. Majmua o‘zaro bog‘langan, ammo mustaqil uchta binodan iborat. Tashqi fasadi mis panjaralar va oyna to‘siqlardan yasalgan bo‘lib, Xitoy an’anaviy madaniyatidagi «katta va kichik marvaridlar yashil likopchaga sochilmoqda» degan go‘zal badiiy g‘oyani o‘zida aks ettiradi.  Yangi tosh asridan (neolit davri) to keyingi davrlargacha bo‘lgan ming yillik tarixni qamrab oladi. Bu yerda qadimgi dehqonchilik, baliq ovlash qurollari, hunarmandchilik buyumlari hamda hududning o‘ziga xos madaniy an’analari namoyish etilgan. Shanxay va Fensyan hududida dengizosti toshqinlaridan himoyalanish maqsadida qurilgan qadimgi to‘g‘onlar tarixi, inshootlarning qurilish evolyutsiyasi va tabiat bilan uyg‘un yashash madaniyatini yorituvchi maxsus zal. Xan sulolasi davriga oid noyob bronza buyumlari, keyingi imperatorlik sulolalari davridagi ma’muriy o‘zgarishlar, mahalliy hunarmandchilik va turmush tarzini ko‘rsatuvchi eksponatlar namoyishga qo‘yilgan.

⏺️ Muzey jami 2800 dan ortiq madaniy meros obyektlariga, jumladan, keramika, xattotlik va rangtasvir asarlari, jo‘xori, to‘qimachilik jihozlari, bronza va turli xil buyumlarga ega bo‘lib, ular orasida Yansze daryosining janubiy mintaqasiga xos an’anaviy matodan tikilgan kiyimlar kolleksiyasi bilan ajralib turadi.

⏺️ Muzeyning asosiy ekspozitsiyalari qadimgi madaniyat makonlari, qadimgi karvon yo‘llari (imperator yo‘llari), qadimgi shahar qismlari, qadimgi dengiz to‘g‘onlari (Hahtan), tarixiy shaxslar va qadimiy madaniy merosni muhofaza qilish mavzularini o‘z ichiga oladi. Asosiy eksponatlari qatoriga Sud sulolasi davrida Santuangan portdan topilgan chinni kosalar, Min sulolasining Vanli davriga oid mis qo‘ng‘iroq hamda Sin sulolasining Shunchji davriga oid ko‘k-yashil naqshli va yashirin o‘ymakorlik naqshlari bilan bezatilgan «Itun» guldoni kiradi.


💬 Muzey Fensyan qisqacha tarixi, «Fendi er ye» (yerga tayanib yashash), «Fene er shi» (savdo-sotiq rivoji), «Fenmin er shi» (xalq va turmush), «Fengo er chjen» (diyor uchun kurash) hamda yakuniy zaldan iborat. Butun ko‘rgazma (hikmat/axloq/fazilat) madaniy chizig‘ini hikoyalar orqali bog‘lab turadi va Fensyan tumanida yangi tosh asri davridan boshlab shakllangan, asrlar davomida davom etib kelgan hikmatli insonlarning faoliyati, shaharlarning rivojlanishi, ma’rifat va yuksak axloqqa intilish asosida yuzaga kelgan "fazilatli insonlarni hurmat qilish va ularga ergashish" madaniy an’anasini namoyish etadi.

#Xitoy #etnofolklorekspeditsiyasi #nomoddiymadaniymeros #icrich

🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube
❤‍🔥1👍1👏1
September 15, 2026 111