SHANXAYDAGI QADIMIY VA AN’ANAVIY MAHALLA ⚡️ Tyanszifan – Xitoyning… — ICRICH — TG.ME

🤣SHANXAYDAGI QADIMIY VA AN’ANAVIY MAHALLA
 
⚡️ Tyanszifan – Xitoyning Shanxay shahridagi eng mashhur va koloritli madaniy-ijodiy mahallalardan biri hisoblanadi. Hudud ilgari Fransuz konsessiyasi hududiga qarashli bo‘lib, bu yerda an’anaviy xitoycha arxitektura uslubidagi «shikumen» (tosh darvozali uylar) saqlanib qolgan.

🏮 Mahalla Xitoy qadimgi tarixidagi ilk taniqli rassomlardan biri Tyan Szi sharafiga rassom Xu Yuyjen tomonidan shunday deb nomlangan. Ilk harflar o‘zgartirilib, ijodiy muhitga moslashtirilgan. Mahalla joylashgan hudud o‘tmishda Shanxayning fransuzlar boshqaruvidagi zonasiga qarashli bo‘lgan. Shuning uchun bu yerdagi uylar arxitekturasida Yevropa va an’anaviy Xitoy uslublari qorishib ketgan.

🤩 Mahalla asosan «shikumen» (tosh darvozali) deb ataluvchi an’anaviy shanxaycha uylardan iborat. Bunday binolar yuqori devorlar, yog‘och eshiklar va tor hovlilarni o‘z ichiga olib, XIX asr oxiri va XX asr boshlariga xos qurilish namunasi hisoblanadi. Mahalla ichi juda tor va chalkash ko‘chalardan iborat bo‘lib, ba’zi joylarda ikki kishi zo‘rg‘a sig‘adi. Mana shu jihati bilan u hech qanday transport vositasi kirmaydigan haqiqiy piyodalar va ijodkorlar oromiga aylangan. 

♦️ Tor, labirintsimon va tor ko‘chalar mahallaga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi. 1990-yillarning oxiridan boshlab mazkur eski mahalla mahalliy rassomlar, haykaltaroshlar, dizaynerlar va hunarmandlarning e’tiborini torta boshlaydi. Natijada hudud jonlanib, ko‘plab mualliflik studiyalari, galereyalar va san’at maskanlariga aylantiriladi.

🤩 Tyanszifan o‘zining an’anaviy xususiy choy do‘konlari, ko‘rgazma salonlari, o‘ziga xos suvenir do‘konlari, shinam kafe va barlari bilan mashhur. Bu yerda sayyohlar Xitoyning an’anaviy choy madaniyati bilan tanishishi va noyob qo‘l mehnati mahsulotlarini xarid qilishi mumkin.

♦️ 1998-yilga kelib bu eski mahallani buzib, o‘rnida osmono‘par binolar yoki zamonaviy savdo markazlari qurish rejalashtirilgan edi. Biroq mahalliy san’atkorlar va jamoatchilik faollari  hukumatni ko‘ndirib, mahallani saqlab qolgan va uni ijodiy mahallaga aylantirgan. Tyanszifan esa o‘zning asl, tabiiy va biroz tartibsiz, hunarmandlarga xos erkin muhitini saqlab qolgani bilan ajralib turadi. Shuningdek, ko‘plab kichik choyxonalarda Xitoyning mashhur navdagi choylarini tatib ko‘rish va choy ichish marosimlarida qatnashish imkoniyati mavjud.


⏺️Shanxayning zamonaviy osmono‘par binolari fonida qadimiy va ijodiy muhit uyg‘unlashgan burchak ham mahalliy aholi, ham shahar mehmonlari eng ko‘p tashrif buyuradigan sevimli manzillardan biridir.

#Xitoy #etnofolklorekspeditsiyasi #nomoddiymadaniymeros #icrich

🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube
🔥2💯1
September 15, 2026 115