Bo’sh qolganda zerikmaysan: dasturchilar uchun TOP 10 qiziqarli sayt…

🔥 Bo’sh qolganda zerikmaysan: dasturchilar uchun TOP 10 qiziqarli sayt

1️⃣ Hacker News → news.ycombinator.com
Dunyo dasturchilari nimani muhokama qilayotganini ko’rasan. IT yangiliklari va qiziqarli loyihalar shu yerda.

2️⃣ CodePen → codepen.io
Eng zo’r HTML/CSS/JS animatsiyalar. Kodini ochib ko’rsang, ko’p narsa o’rganasan.

3️⃣ CSSBattle → cssbattle.dev
CSS bilan rasmni eng qisqa kodda chizish o’yini. Qiyin, lekin juda qiziq

4️⃣ Flexbox Froggy → flexboxfroggy.com
Qurbaqalarni barglarga o’tkazib, Flexbox’ni o’yin orqali o’rganasan.

5️⃣ Regex Crossword → regexcrossword.com
Krossvord yechasan, lekin javoblar regex orqali. Miyani charxlaydi

6️⃣ Monkeytype → monkeytype.com
Klaviaturada tez yozishni mashq qil. Dasturchi uchun tezlik muhim

7️⃣ Neal.fun → neal.fun
Qiziqarli va g’alati mini o’yinlar to’plami. Dam olish uchun juda yaxshi.

8️⃣ Uiverse.io → uiverse.io
Tayyor chiroyli tugma, loader, kartalar. Kodini nusxalab loyihangga qo’yasan

9️⃣ Roadmap.sh → roadmap.sh
Frontend, Backend, DevOps va boshqa yo’nalishlar bo’yicha qadamma-qadam yo’l xaritasi. “Nimani o’rganay?” degan savolga javob.

🔟 Product Hunt → producthunt.com
Har kuni yangi startaplar va loyihalar. G’oya qidirsang, aynan shu yerdan topasan

Ibrohim Coder*
18-oktabr, 2026 134 2