To‘xtatib bo‘lmaydigan kuch — Yangi O‘zbekiston avlodi! Biz bu… — Ibrat Debate — TG.ME

🇺🇿To‘xtatib bo‘lmaydigan kuch — Yangi O‘zbekiston avlodi!

Biz bu kunlarga shunchaki kelib qolmadik — bu kunni kimdir kutdi, kimdir orzu qildi, kimdir esa shu orzusi uchun kurashdi. Bugun esa o‘sha orzuning davomchilari aynan bizmiz! 

Mustaqillik bizga berilgan shunchaki tarix emas, bu biz davom ettiradigan buyuk kelajakdir. Ilm-fan, IT, sport, tibbiyot, startaplar, xalqaro minbarlar va har bir mahallada o‘zining shijoati bilan qadam tashlayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari — bu yurtning haqiqiy quvvati va intellektual qiyofasidir. 

#Mustaqillik35

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
🎉9🔥6⚡3🤩2👏1
September 1, 2026 546 6