🌟 1-OKTYABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK!
Ustoz — bolaga faqat bilim beradigan inson emas. U uning qalbiga ezgulik urug‘ini qadab, fikrlashni o‘rgatadigan, o‘ziga ishonishiga yordam beradigan va kelajagiga yo‘l ko‘rsatadigan insondir.
Bugun yurtimizning barcha taʼlim dargohlarida, xususan Ibrat School jamoasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan barcha ustozlarimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Sizlarning har bir darsingiz, bergan tarbiyangiz, sabringiz va o‘quvchiga ko‘rsatgan e’tiboringiz ortida bir bolaning kelajagi turibdi.
Mehnatingizning eng katta mukofoti — yillar o‘tib, shogirdlaringizning bilimli, vijdonli va boshqalarga ibrat bo‘ladigan insonlar bo‘lib yetishganini ko‘rish nasib etsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! 💐

4
3
1
11-oktabr, 2026 1 ming 1