MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Bugun Vatanimiz… — iMed Team — TG.ME

🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!

Bugun Vatanimiz tarixidagi eng ulug‘ sanalardan biri. O‘zbekistonimiz mustaqilligining 35 yilligini faxr, shukronalik va cheksiz g‘urur bilan qarshi olmoqda.
Mustaqillik — bu shunchaki sana emas. Bu — ajdodlarimiz orzu qilgan ozodlik, xalqimizning sha’ni, farzandlarimizning erkin kelajagi va yuragimizdagi Vatanga muhabbatdir.

iMed Team barcha yurtdoshlarimiz va aziz obunachilarini ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etadi! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha birdam bo‘lsin. Har bir xonadonda baxt, baraka va farovonlik hukm sursin.

Ilm olishdan, bemorlarni dardiga shifo ulashishdan aslo charchamanglar!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin! 🇺🇿
❤4🥰2
September 1, 2026 2K 1