"YILNING ENG FAOL YOSH XODIMI – 2026" RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI.
O‘zgidromet tizimida faoliyat yuritayotgan tashabbuskor, bilimli va fidoyi yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari hamda ilmiy salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan "Yilning eng faol yosh xodimi – 2026" Respublika ko‘rik-tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi 2026-yil 24-iyun kuni ZOOM platformasi orqali o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan innovatsion loyihalar Hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, quyidagi g‘oliblar aniqlandi:
🥇 1-o‘rin – Payshanova Shaxzoda Rixsiboy qizi, Toshkent viloyati Gidrometeorologiya markazi Iqtisodiyot tarmoqlarini gidrometeorologik ta’minlash bo‘limi 2-toifali muhandisi.
Loyiha: "Ohangaron daryosi havzasida sun’iy intellekt (SI) asosida suv toshqini va sel xavfini erta ogohlantirish tizimi".
To‘plagan bali: 46 ball.
🥈 2-o‘rin – Ergashev Bobur Botir o‘g‘li, Gidrometeorologik uskunalarni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi 1-toifali muhandisi.
Loyiha: "UzGidromet Digital Twin".
To‘plagan bali: 42 ball.
🥉 3-o‘rin – Habibov Azizbek, Navoiy viloyati Gidrometeorologiya markazi Navoiy aviameteorologik stansiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
Loyiha: "AI-MetLab 2030".
To‘plagan bali: 40 ball.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda taqdirlanadi.
O‘zgidromet jamoasi g‘oliblarni samimiy muborakbod etadi hamda ularga kelgusidagi faoliyatida ulkan yutuqlar, yangi ilmiy izlanishlar va muvaffaqiyatlar tilaydi.

2
1
1July 2, 2026 812 7