DIQQAT, E'LON! Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil… — O‘zgidromet LIVE ️ — TG.ME

📢 DIQQAT, E'LON!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PF–66-son Farmoni — “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan rahbariyat va yoshlar ishtirokida samimiy uchrashuv va ochiq muloqot tashkil etiladi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning taklif va tashabbuslarini tinglash, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilinadi.

🗓 Sana: 30.06.2026.
📍 Manzil: Xoʻjakent, Toshkent viloyati (boshlanish vaqti 11:30)

🚐 Eslatma: Tadbirga kelish va qaytish xarajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi. Xoʻjakent yoʻnalishiga Buyuk Ipak yoʻli metro bekati yaqinidan qatnovchi Mikroavtobus (marshrutka) va Elektrichka transportlari orqali yetib borish mumkin.

Barcha yoshlarni ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
June 29, 2026 2.5K 29