2026-yil iyul oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat… — O‘zgidromet LIVE ️ — TG.ME

2026-yil iyul oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida aholining madaniy hordiq chiqarishini mazmunli tashkil etish maqsadida konsert dasturlari, teatr tomoshalari, folklor kechalari, simfonik orkestr chiqishlari, estrada va raqs dasturlari hamda boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Hududlar kesimidagi tadbirlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumot ilova qilingan faylda keltirilgan. Shuningdek, tadbirlarning oʻtkazilish sanasi va vaqti zaruratga qarab oʻzgarishi mumkin.

Barcha xodimlarni ushbu madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Ilova.pdf1.7 MB · PDF
👍2👏1
June 29, 2026 1.6K 6