KORRUPSIYA VA MANFAATLAR TO‘QNASHUVIGA YO‘L QO‘YMANG! ⚖️ Korrupsiya… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

🚫 KORRUPSIYA VA MANFAATLAR TO‘QNASHUVIGA YO‘L QO‘YMANG!

⚖️ Korrupsiya — shaxsning o‘z xizmat mavqei yoki vakolatlaridan shaxsiy yoki boshqa manfaatlar yo‘lida qonunga xilof ravishda foydalanishidir.
🔹 Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy manfaatdorlik xizmat vazifalarini xolis va obyektiv bajarishga ta’sir qilishi yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir.
📌 Bunday holatlarga:
❌ xizmat vakolatidan shaxsiy manfaat uchun foydalanish;
❌ pora yoki boshqa noqonuniy manfaat olish;
❌ tanish-bilishchilik yoki qarindoshlik munosabatlari ta’sirida qaror qabul qilish;
❌ manfaatlar to‘qnashuvi haqida ma’lumotni yashirish kabi holatlar kiradi.
⚠️ Korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan. Huquqbuzarlikning xususiyati va og‘irlik darajasiga qarab ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik, shuningdek, boshqa huquqiy choralar qo‘llanilishi mumkin.
🚨 Pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish kabi korrupsiyaviy qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
🤝 Halollik kasbiy burch, qonuniylik umumiy mas’uliyat!
📢 Korrupsiyaga befarq bo‘lmang. Qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz, ular haqida vakolatli organlarga xabar bering!
📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 0632400
September 30, 2026 118