🦠 GRIPP MAVSUMIY KASALLIK, AMMO EHTIYOTSIZLIKNI KECHIRMAYDI! 🤧 Gripp — gripp viruslari keltirib chiqaradigan, asosan nafas yo‘llarini zararlovchi yuqumli kasallik. U bemor yo‘talganida, aksirganda yoki gapirganda ajraladigan mayda tomchilar orqali tez tarqaladi. ⚠️ Grippning asosiy belgilari: 🌡️ tana haroratining ko‘tarilishi 🤕 bosh va mushaklarda og‘riq 😷 tomoq og‘rig‘i, yo‘tal 🥱 holsizlik va umumiy darmonsizlik 🤧 burun bitishi yoki oqishi 🛡️ GRIPPDAN HIMOYALANISH UCHUN: 💉 Emlaning — grippga qarshi vaksina kasallik va uning og‘ir kechish xavfini kamaytirishga yordam beradi. 🧼 Qo‘llaringizni sovunlab tez-tez yuving. 😷 Odamlar gavjum joylarda, ayniqsa kasallanish ko‘paygan davrda, niqobdan foydalaning. 🌬️ Xonalarni muntazam shamollatib turing. 🤧 Yo‘talish yoki aksirishda og‘iz va burningizni salfetka yoki tirsak bukilmasi bilan yoping. 🏠 Kasallik alomatlari paydo bo‘lsa, imkon qadar uyda qoling va boshqalarga yuqtirmaslik choralarini ko‘ring. 👨⚕️ Belgilar kuchli namoyon bo‘lsa yoki ahvol yomonlashsa, shifokorga murojaat qiling.
GRIPP MAVSUMIY KASALLIK, AMMO EHTIYOTSIZLIKNI KECHIRMAYDI! 🤧 Gripp… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME
September 28, 2026 146 1