KORRUPSIYA VA MANFAATLAR TO‘QNASHUVIGA YO‘L QO‘YMAYLIK! ⚠️Korrupsiya… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

KORRUPSIYA VA MANFAATLAR TO‘QNASHUVIGA YO‘L QO‘YMAYLIK!

⚠️Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va fuqarolarning davlat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan illatdir.

📌 Manfaatlar to‘qnashuvi esa xodimning shaxsiy manfaatlari uning xizmat vazifalarini xolis va halol bajarishiga ta’sir qilishi yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir.

🔹 Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda uni yashirmaslik va belgilangan tartibda ma’lum qilish;

🔹 xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanmaslik;

🔹 pora berish yoki olish, noqonuniy manfaat evaziga xizmat ko‘rsatish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

🔹 har qanday murojaat va xizmat jarayonida qonuniylik, xolislik va halollik tamoyillariga amal qilish — har birimizning mas’uliyatimizdir.

🤝 Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqatgina bir tashkilotning emas, barchamizning vazifamiz!

📞 Ishonch telefonlari:
🔹 Sog‘liqni saqlash vazirligi — 1203
🔹 Sanepidqo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi:
☎️ (93) 063 24 00
September 22, 2026 184 2