Gepatit A — xavfli yuqumli kasallikdir. Kasallik ko‘pincha yuvilmagan qo‘llar, ifloslangan suv hamda yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlar orqali yuqadi. Ayniqsa, bolalar va immuniteti sust kishilar kasallikka tez chalinishi mumkin.
♦️Qo‘llaringizni sovun bilan muntazam yuving, faqat toza ichimlik suvidan foydalaning va
♦️oziq-ovqat mahsulotlarini gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda iste’mol qiling.
Unutmang, oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringizni gepatit A kasalligidan asrashingiz mumkin.
Gepatit A ga qarshi vaksinatsiya kasallikning oldini olishning samarali usullaridan biridir. Emlash orqali organizmda gepatit A virusiga qarshi himoya shakllantiriladi.