💫 Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!
⚘️Navro‘z – qadim qadriyatlar tarovati!
🌷Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘z eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.
✨ Ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan borliqni asrab-avaylab, doimo u bilan uyg‘un bo‘lib yashash, mehr-oqibat, xayru saxovat, bunyodkorlik, bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik singari yuksak g‘oyalar bugungi kunda yanada teran mazmun kasb etib borayotganini alohida ta’kidlash lozim.
🎇 Yurtimizda erkin va farovon hayot barpo etish, inson qadrini ulug‘lashdek buyuk maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar jarayonida barcha milliy qadriyatlarimiz qatori Navro‘z umumxalq bayrami ham o‘ziga xos yuksak ma’naviy tayanchdir.
⚡️Ulug‘ alloma ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida Quyosh yili hisobida yilning dastlabki oyi to‘g‘risida so‘zlab: "Bu oyning birinchi kuni Navro‘zdir, — deydi. Navro‘zning qachon va qanday vujudga kelganligini aniq ko‘rsatish qiyin bo‘lsa-da, shuni aytish mumkinki, bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki Navro‘zning dunyoga kelishi chuqur ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, ya’ni Quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi bilan bog‘liq.
🌺 Har yili Navro‘z ayyomi barcha shahar-u qishloqlarda, korxonalarda, oliy ta’lim muassasalarida o‘ziga xos tarzda ko‘tarinki kayfiyat va tashabbus bilan o‘tkaziladi. Bayram kuni turli xil musobaqalar tashkil etiladi, yolg‘iz qariyalar holidan xabarlar olinadi. Bahor ko‘katlaridan tayyorlangan nozu ne’matlar tortiq etiladi.
🌹Elimizning murodu maqsadini kuylagan, yurtimizning oromu osoyishini o‘ylagan, butun borliq muruvvat aylagan, bag‘riga benihoya ezgu muhabbat joylagan, yomonliklar yo‘lin boylagan, yaxshilikdan doston so‘ylagan, barchani birday siylagan bayramdir bu- Navro'z !
@QDTU_rasmiy_kanali