Ba’zan birgina qo‘l mehnati ortida katta iste’dod, kuchli iroda va go‘zal orzular yashirinadi.
23-avgust kuni Urganch shahridagi “Yoshlar markazi”da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Bizning qo‘llarimiz — mo‘jiza!” nomli inklyuziv bayram va ko‘rgazma tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Iroda” xalq hunarmandchiligi va kasb-hunarga o‘rgatish inklyuziv markazi rahbari, mohir kulol Sadullayeva Iroda Ollanazarovna tashabbusi bilan tashkil etildi.
Ko‘rgazmada imkoniyati cheklangan bolalarning o‘z qo‘llari bilan yaratgan ijodiy ishlari namoyish etildi. Har bir asarda ularning iste’dodi, mehnati va o‘ziga xos dunyoqarashi aks etdi.
Mazkur tadbir yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, hunarmandchilikka qiziqishini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Qo‘llar yaratadi, hunar birlashtiradi, e’tibor esa qanot beradi!
Tadbir davomida yosh ishtirokchilarning ijodiy ishlari munosib baholanib, ularning hunarmandchilik sohasidagi iste’dodi va salohiyati e’tirof etildi.
Tadbir tashkilotchilari va hamkorlari:
▪️ “Iroda” xalq hunarmandchiligi va kasb-hunarga o‘rgatish inklyuziv markazi ▪️ O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi Xorazm viloyati bo‘limi ▪️ Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi