에 va 에서 grammatikasi Ikkalasi ham o‘zbek tilidagi “-da” ma’nosini…

📌 에 va 에서 grammatikasi

Ikkalasi ham o‘zbek tilidagi “-da” ma’nosini berishi mumkin. Ammo ishlatilish holati har xil.

1. 에 — joyga yo‘nalish yoki mavjud bo‘lish

Biror joyga borish, kelish yoki biror narsaning qayerda mavjudligini bildiradi.
학교에 가요. → Maktabga boraman.
집에 와요. → Uyga kelaman.
방에 있어요. → Xonada bor / turibdi.
책상 위에 책이 있어요. → Stol ustida kitob bor.


2. 에서 — harakat sodir bo‘ladigan joy

Biror ish-harakat qayerda bajarilayotganini bildiradi.
학교에서 공부해요. → Maktabda o‘qiyman.
집에서 요리해요. → Uyda ovqat pishiraman.
도서관에서 책을 읽어요. → Kutubxonada kitob o‘qiyman.
식당에서 밥을 먹어요. → Restoranda ovqat yeyman.


3. 에 va 에서 farqi
학교에 가요. → Maktabga boraman.
학교에서 공부해요. → Maktabda o‘qiyman.
집에 있어요. → Uydaman.
집에서 자요. → Uyda uxlayman.


📌 Esda tuting:
에
→ Qayerga? Qayerda mavjud?
에서
→ Qayerda harakat bajariladi?


⚠️ 에 va 에서 ni ishlatishda fe’lga ham e’tibor berish kerak.
예: 가다, 오다, 있다 → 에

공부하다, 먹다, 읽다, 운동하다 → 에서

📍🔝@HanClass_school
👨‍💻👩‍💻@HanClass_admin
❤1🔥1🙏1🕊1
November 6, 2026 62 3