Do'stlar bilan murdani yashirish simulyatori! Steamda 4 kishilik… — GRONT YOUTUBE — TG.ME

🏨 Do'stlar bilan murdani yashirish simulyatori!

Steamda 4 kishilik yangi ko-op o'yin — We Are So Cooked reliz sanasi ma'lum bo'ldi. O'yinda siz do'stlaringiz bilan tasodifan bir odamni o'ldirib qo'yasiz va endi murdani qo'riqchilar to'la mehmonxonadan bildirmay olib chiqib ketishingiz kerak.

O'yin xususiyatlari:
▫️ Murdani yolg'iz sudraganda orqasidan qonli iz qoladi
▫️ Qo'riqchilarni chalg'itish va stels orqali aylanib o'tish lozim
▫️ Kameralar va mehmonlar sizni payqab qolishi mumkin
▫️ Atrof-muhitdan foydalanish mumkin — masalan, murdani nogironlar arabachasiga o'tqazib qo'yish

O'yin 15-oktabr kuni reliz qilinadi, rus tili ham mavjud bo'ladi.

🔥 Eng so'nggi yangiliklar bizning kanalda!
Do'stlarga ulashing: @grontyt
August 31, 2026 376 1 3