Cyberpunk 2077 hatto yangi RTX 5090 ni ham qiyin ahvolga soldi! Yangi… — GRONT YOUTUBE — TG.ME

💥 Cyberpunk 2077 hatto yangi RTX 5090 ni ham qiyin ahvolga soldi!

Yangi flagman videokarta 4K rezolyutsiyadan 6K ga o'tganda FPS ko'rsatkichi deyarli ikki baravar tushib ketdi.

Ray Tracing Overdrive va DLSS Performance sozlamalaridagi test natijalari:
▫️ 4K rezolyutsiyada — ~86 FPS
▫️ 6K rezolyutsiyada — atigi 42 FPS

Lekin vahimaga o'rin yo'q: 6K tasvir 4K ga qaraganda salkam 2,6 baravar ko'proq pikselni qayta ishlaydi. Shunday ekan, karta "buzilgani" yo'q, shunchaki Cyberpunk 2077 yana bir bor $4000 lik "temir"ni ham qiynashning navbatdagi usulini topdi.

🔥 Eng so'nggi yangiliklar bizning kanalda!
Do'stlarga ulashing: @grontyt
❤4
August 25, 2026 547 1