Kanada: Dunyoning 21-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish… — Grantlar.uz — TG.ME

Kanada: Dunyoning 21-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2027-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Boshqa majburiy to'lovlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar 2026-yil 9-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 21-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
❤15🔥3👍1
September 1, 2026 3.8K 71