#GazliNGQCh #Tayinlov #Komplayens #KorrupsiyagaQarshiKurash #Halollik #Shaffoflik
“O‘zbekneftgaz” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti tomonidan korrupsiyaning oldini olish, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash yo‘nalishida izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Baqoyev Abduvohid Mahmudovich — “O‘zbekneftgaz” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti Komplayens sohasida hududlar bilan ishlash bo‘limi bosh komplayens inspektori lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan Gazli NGQCh boshqarmasiga mas’ul xodim etib belgilandi.
Tadbir davomida boshqarma xodimlariga 1155-sonli Qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy talablari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bunday holatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xodimlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Halollik — taraqqiyot garovi, shaffoflik — ishonch poydevoridir!
✅ Telegram : https://t.me/gngdu
🌐 Instagram : https://www.instagram.com/gazli_ngqchb?igsh=ODE2ZG9tejQ1MH
September 4, 2026 512 10


