"Gazlineftgazqazibchiqarish" boshqarmasi | Rasmiy kanal: post #4566 — TG.ME

Ayni paytda Bishkek shahridagi “Iris Ordo” kongress-xollida Prezidentimiz ishtirokida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan borgan edi. Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.

👉Bizni kuzating


web-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
👍1
September 1, 2026 420