🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — avvalo, xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlari va buyuk maqsadlari sari dadil qadam tashlash imkonidir. O‘tgan yillar davomida u yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va bunyodkorlik ishlarining mustahkam poydevoriga aylandi.
Bugun biz mustaqillikning qadrini nafaqat bayram kunlarida, balki har bir kunlik halol mehnatimiz, mas’uliyatimiz va Vatanimiz ravnaqiga qo‘shayotgan munosib hissamiz bilan namoyon etmoqdamiz.
Ayniqsa, neft-gaz sohasida mehnat qilayotgan har bir fidoyi xodimning zahmatli va sharafli mehnati mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi hamda energetik xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Shu fursatdan foydalanib, boshqarmamizda sidqidildan mehnat qilayotgan barcha ishchi-xodimlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Sizlarning kasbga sadoqatingiz, fidoyiligingiz va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi samarali mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq.
Ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va farovonlik tilayman. Xonadonlaringizdan fayz-u baraka, qalblaringizdan ezgulik va hayotingizdan quvonch arimasin.
🇺🇿 Osmonimiz doimo musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi ezgu maqsadlarimiz birlik, mehnat va fidoyilik bilan yanada ulkan natijalarga aylansin!
Barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Gazli NGQChB direktori
J.H.Axmedov

1
1September 1, 2026 524 1