Húrmetli oqıwshılar, qádirli ata-analar, áziz ustazlar!
Búgin elimizdegi barlıq mekteplerde, sonıń ishinde, Qaraqalpaqstan Respublikasınıń 746 ulıwma bilim beriw mektebinde tolqınlandırıwshı hám umıtılmas kún - Sońǵı qońıraw sesleri jańlamaqta. Bul kún - bilim dúnyasına birinshi qádem taslaǵan kishi klass oqıwshıları ushın jańa basqısh baslanıwı, 11-klass pitkeriwshileri ushın bolsa turmıstıń úlken saxnasına jol ashıwshı esik bolıp esaplanadı.
2024-2025-oqıw jılı juwmaǵında Qaraqalpaqstan Respublikasında Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi ministrligine qaraslı 726 mektep, Prezident mektebi, I.YUsupov dóretiwshilik mektebi hám 18 qánigelestirilgen mektep pitkeriwshileriniń ulıwma sanı 25 798 ge jetti. Olardıń arasında 537 pitkeriwshi "Altın" medal, 179 pitkeriwshi bolsa "Gúmis" medalǵa usınıs etilgeni - xalıq bilimlendiriw sistemasındaǵı pidayı ustazlarımızdıń miynetiniń nátiyjesi bolıp esaplanadı.
Bıyılǵı jılı 46 pitkeriwshi student bolıw baxtına miyasar bolıp, olardıń 15 sırt eldegi abıraylı joqarı bilimlendiriw mákemelerine múddetinen aldın qabıl etilgenin maqtanısh penen atap ótemiz. Bul bolsa jaslarımızdıń bilimge qushtarlıǵı, izleniwsheńligi hám joqarı maqsetlerge qaray isenimli umtılıp atırǵanınan dárek beredi.
Áziz pitkeriwshiler!
Sizler búgin ármanlarıńızǵa qaray jol alǵanıńızda, elimizdiń rawajlanıwı hám xalqımızdıń abadanlıǵı jolında juwapkershilikli, pidayı hám watansúygish insanlar bolıp jetilisiwińizge isenemiz. Sizlerge keleshektegi ómirińizde úlken tabıslar, baxıt hám áwmet tileymiz!
Húrmetli ustazlar hám ata-analar!
Jaslarǵa kórsetken sabırıńız, qayǵıńız hám mehiriniz ushın sizlerge tereń minnetdarshılıq bildiremen. Perzentlerimizdiń kamalǵa keliwinde sizlerdiń úlesińiz sheksiz.
Sońǵı qońıraw bárshemizge múbárek bolsın!
Kojabaeva Gúlistan Talasbaevna
Qaraqalpaqstan Respublikası Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw ministri
➖➖➖➖➖
Hurmatli o‘quvchilar, qadrli ota-onalar, aziz ustozlar!
Bugun yurtimizdagi barcha maktablarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining 746 ta umumta’lim maktabida hayajonli va unutilmas kun - So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Bu kun - bilim olamiga ilk qadam qo‘ygan kichik sinf o‘quvchilari uchun yangi bosqich boshlanishi, 11-sinf bitiruvchilari uchun esa hayotning katta sahnasiga yo‘l ochuvchi eshikdir.
2024-2025-o‘quv yili yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli 726 ta maktab, Prezident maktabi, I.Yusupov ijod maktabi va 18 ta ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarining umumiy soni 25 798 nafarga yetdi. Ular orasida 537 nafar bitiruvchi "Oltin" medal, 179 nafar bitiruvchi esa "Kumush" medalga tavsiya etilgani - xalq ta’limi tizimidagi fidoyi ustozlarimiz mehnatining samarasidir.
Joriy yilda 46 nafar bitiruvchi talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lib, ularning 15 ta nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin qabul qilinganini faxr bilan ta’kidlaymiz. Bu esa yoshlarimizning bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi va yuksak maqsadlar sari qat’iy intilayotganidan dalolatdir.
Aziz bitiruvchilar!
Sizlar bugun orzularingiz sari yo‘l olganingizda, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida mas’uliyatli, fidoyi va vatanparvar insonlar bo‘lib yetishishingizga ishonamiz. Sizlarga kelgusi hayotingizda ulkan yutuqlar, baxt va omad tilaymiz!
Hurmatli ustozlar va ota-onalar!
Yoshlarga ko‘rsatgan sabr-toqatingiz, g‘amxo‘rligingiz va mehringiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman. Farzandlarimiz kamolotida sizlarning hissangiz beqiyos.
So‘nggi qo‘ng‘iroq barchamizga muborak bo‘lsin!
Kojabaeva Gulistan Talasbayevna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri