Kengash #Taqdirlash An’anaga muvofiq, Farg‘ona davlat universiteti… — Farg‘ona davlat universiteti — TG.ME

#Kengash
#Taqdirlash

An’anaga muvofiq, Farg‘ona davlat universiteti Kengashining yangi 2026–2027-o‘quv yilidagi ilk yig‘ilishi oldidan Kengash raisi, professor Bahodirjon Shermuhammadov jamoa a’zolarini eng ulug‘ va eng aziz ayyom - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, Farg‘ona davlat universiteti faxriy professori Masturaxon Sayfutdinovaning Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Jahonning 100 nafar ayol qahramoni” safidan joy olgani alohida e’tirof etilib, qahramon ayol muborakbod etildi.

🔗
FarDU rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
❤4👍1
September 5, 2026 941 1