Diqqat, bilimdonlar: “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi… — FOCUS — TG.ME

Forwarded fromMAMARKAZDA YOSHLAR
📚Diqqat, bilimdonlar: “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi boshlanmoqda!

Kitob javoningizdagi asarlarni qayta varaqlash va yuksak marralar sari dadil qadam tashlash vaqti keldi! Tez kunda barchamiz intiqib kutgan “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bellashuvlari 17-apreldan start oladi.

Hududiy bosqich ikkita shart bo‘yicha o‘tkaziladi:

1. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
Ushbu shartda o‘zbek va jahon adabiyotiga oid tegishli kitoblarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyatini ishtirokchilardan sharhlab berishi so‘raladi. Ishtirokchilar badiiy asar nomini bilet orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.


2. “Tezkor savol-javob” sharti.
Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 5 ta savolga 5 ta javob berish so‘raladi. Tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.


📚Tanlovning o‘tkaziladigan joyi va mas’ullari ushbu havolada

👏Bilimdonlar, barchangizga omad yor bo‘lsin! Eslatib o‘tamiz, Sizlarni elektromobil kutmoqda!

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube
April 14, 2026 69