Bugun 2-oktabr kuni Oliy Malis Senatining 20-yalpi majlisida… — 53-FM Onlayn — TG.ME

📈Bugun 2-oktabr kuni Oliy Malis Senatining 20-yalpi majlisida Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni takomillashtirishga oid Qonun ma’qullandi.

✅Qonun bilan endilikda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qonunchilik yanada qat’iylashtiriladi.

🎤Jumladan:

✅14 yoshga to‘lmagan bolaga jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxsga nisbatan — 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazo qo‘llaniladi.

✅Ayrim o‘ta og‘ir jinoyatlarda javobgarlik muddati o‘tmaydi va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish imkoni cheklanadi.

✅Bolani zo‘ravonlikdan himoya qilmagan, parvarish majburiyatini bajarmagan yoki bolalarga zarar yetkazgan shaxslarga javobgarlik kuchaytiriladi.

✅Bolalar bilan ishlaydigan xodim zo‘ravonlik qilsa, ishidan bo‘shatiladi va kelgusida bolalar bilan ishlashiga cheklov qo‘yiladi.

✅ Voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik va ularga og‘ir shikast yetkazganlik uchun ham jazo kuchaytiriladi.

Bolalar ombudsmanining bu borada pozitsiyasi: bolalarga nisbatan og‘ir jinsiy jinoyatlarni (nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) sodir etgan shaxslarga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilishi zarur.


🚨Zero, bunday qabih jinoyat oqibatida bolaga yetadigan ziyon darajasi va uning jamiyat uchun ijtimoiy xavfliligi aslida odam o‘ldirishdan kam emas.

Bola jismonan omon qolsa-da, uning ruhiyati, bolaligi va kelajagi umrbod jarohatlanadi.


Mazkur pozitsiya Bolalar ombudsmanining Parlamentga 2025-yil yakunida kiritgan Maxsus ma’ruzasida ham tahlillar asosida bayon etilgan.
👍1🔥1
October 2, 2026 50