SAT sertifikat imtiyozi bo’yicha ma’lumotlar ➖ SAT imtihonida… — Flagmen Learning Center — TG.ME

Forwarded fromXUXushnudbek.uz
SAT sertifikat imtiyozi bo’yicha ma’lumotlar

SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan abituriyentlar imtihonsiz qo’shimcha davlat grantiga qabul qilinadi;

SAT sertifikati faqat matematika va chet tili mutaxassislik fani hisoblanadigan bakalavriat yo‘nalishiga imtiyoz beradi, boshqa yo’nalishlar uchun imtiyoz yo’q;

matematika va chet tili fanlar majmuasiga mos yo’nalishlar ro’yxati yuqoridagi videoda ko’rsatilgan;

SAT’dan 1200 balldan yuqori olganlar “College Board”ning rasmiy platformasi orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga natijasini yuborishi kerak;

Natijalar elektron shaklda DI kodi orqali Agentlikka quyidagi tartibda yetkaziladi:

1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi.
2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.

sertifikat natijalari 25-iyunga qadar yetib kelishi kerak;

sertifikatni qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul jarayonida mutlaqo hisobga olinmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
❤‍🔥6🔥5👍1
July 17, 2026 791