Istigʻforning 40 xosiyati.. 1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻfor… — Firdavslik 🌙 — TG.ME

​​📿Istigʻforning 40 xosiyati.. 1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi; 2. Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi; 3. Istigʻfor aytgan odam iymon halovatiga erishadi; 4. Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi; 5. Istigʻfor aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi; 6. Istigʻfor aytgan odamga neʼmatlar koʻpaytirib beriladi ; 7. Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi; 8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi; 9. Istigʻfor tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi; 10. Istigʻfor yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi; 11. Mol-dunyoga baraka kiritadi; 12. Istigʻfor aytgan inson farzand neʼmati bilan siylanadi; 13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq; 14. Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi; 15. Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi; 16. Istigʻfor Allohning rahmati tushishiga, banda holati ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi, yaxshiliklarni koʻpaytiradi; 17. Istigʻfor tanani baquvvat, sogʻlom qiladi, kasalliklarni aritadi; 18. Istigʻfor aytgan odamning hayoti farovon boʻladi ; 19. Istigʻfor bilan vatan tinch boʻladi, el-yurt taraqqiy etadi; 20. Istigʻfor inson koʻnglini xotirjam qiladi; 21. Boshga tushgan balolarni daf etadi; 22. Bandani Allohga yaqinlashtiradi; 23. Istigʻfor aytgan odam Allohning marhamatiga sazovor boʻladi ; 24. Istigʻfor majlis kafforatidir; 25. Istigʻfor gʻiybatga kafforat boʻladi ; 26. Shayton vasvasasini qaytaradi; 27. Alloh istigʻfor aytgan bandani yaxshi koʻradi ; 28. Istigʻfor aytish Allohni rozi qiladi; 29. Gʻam-tashvishlarni ketkazadi; 30. Xursandchilik olib keladi; 31. Yuzni nurli qiladi; 32. Rizq kelishini osonlashtiradi; 33. Istigʻfor aytgan odamning duosi qabul boʻladi ; 34. Alloh istigʻfor aytuvchining ogʻirini yengil qiladi; 35. Koʻp istigʻfor aytgan odam qiyomat kuni nomai aʼmolini koʻrib xursand boʻladi; 36. Olamdan oʻtib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istigʻfor tufayli jannatda yuqori martabaga koʻtarilishadi; 37. Istigʻfor odamni tushkunlikdan xalos etadi; 38. Hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi; 39. Qalbni tiniqlashtiradi; 40. Istigʻfor aytgan odamning rizqi keng boʻladi, kasb-koriga baraka kiradi... Ziyovuddin Rahimning “Istigʻforning 40 xosiyati” kitobidan Astagʻfirullohi va atubu ilayh! @firdavslik🕊

June 7, 2025 1.3K 25