Savdolashish yo'llari
Siz so’radingiz.
…va sotuvchi / ijarachi / sartarosh “yo’q” dedi.
Darrov “ho’p” deyishga shoshilmang. Doim yo’l topiladi.
1. To'liq to'lang. Ko’pchilik “bo’lib to’lash”ga o’tirib qolgan. Bu holatda naqd to’lab 20-40% arzonroqqa olasiz. Uy, moshina, texnika…
2. Oldindan to’lang. Tepada aytgan ofisni 3 oyga oldindan to’lab arzonlashtirdik. 12 oyga olsak 50%ga tushirsa ham bo’lardi.
3. Kamrog’ini xohlang. Soch oldirishda 2-marta bosh yuvishi kerakmasligini aytib arzonlashtirib ko’ring - menda doim ishlaydi.
4. Hozir xohlamang. Keyinroq boring - sotuv o’lganda, mijoz kamayganda, oy oxirida. Oy boshida hamma boy, keyinroqqa qoldiring.
5. Qat’iy bo’ling. Chegirma deb sifatsiziga uchmang. Tanlovni o’zingiz qiling, keyin savdolashing.
Muhimi hovliqmang.
Sizniki bo’lsa ketib qolmaydi.
670
236
177
107
41
23
10
9
9
6July 8, 2026 30.3K 179