ROB RUN — 7 kunlik jinoyat olami ROB RUN — Rust va DayZ ruhidagi… — FEZOT (Official) — TG.ME

ROB RUN — 7 kunlik jinoyat olami

ROB RUN — Rust va DayZ ruhidagi kriminal sandbox. O‘yinchilar qamoqdan qochgan jinoyatchi sifatida boshlaydi va 7 kun ichida boylik hamda obro‘ orttirishga harakat qiladi.

💰 Do‘konlar, banklar va boshqa joylarni talash, o‘g‘irlangan narsalarni sotish yoki hatto politsiyachi bo‘lib jinoyatchilarni to‘xtatish mumkin.

🌎 Eng qiziq tomoni — dunyodagi jinoyatchilar va politsiyachilarning barchasi real o‘yinchilar. Bir serverda 5000 tagacha odam bo‘lishi mumkin.

🤝 Klanlarga qo‘shilib, hududlar uchun kurashish, reydlar uyushtirish va biznes rivojlantirish ham mumkin.

7 kunlik sikl tugagach, iqtisodiyot qayta boshlanadi va yangi kurash boshlanadi.
ROB RUN 2026-yilda PC uchun chiqadi. Rus tili ham mavjud.
❤19👍9🔥2💋1
August 27, 2026 3.2K 1