Capcom Onimusha: Way of the Sword olami haqida video chiqardi Capcom… — FEZOT (Official) — TG.ME

⚔️ Capcom Onimusha: Way of the Sword olami haqida video chiqardi

Capcom yangi o‘yin Onimusha: Way of the Sword olamiga kirishni osonlashtirish uchun uning tarixi va olami haqida tanishtiruv videosini taqdim etdi.

👹 Onimusha olamida ikki xil jinlar klani mavjud:
🔵 Oni — narigi dunyo hukmdorlari.
🔴 Gema — qayerga bormasin, tartibsizlik va vayronagarchilik tarqatadigan jinlar.

Gema insonlar olamiga bostirib kirgach, Oni ularga qarshi kurashish uchun tanlangan insonlar bilan birlashadi. Biroq oddiy odamlar jinlarga tenglasha olmagani sababli Oni jinlarning ruhlarini yutib, egasiga g‘ayritabiiy kuch beradigan qo‘lqop yaratadi.

🗡 Aynan shu artefakt yangi o‘yinning bosh qahramoni — yosh samuray Miyamoto Musashi qo‘liga tushadi.

📅 Reliz: 4-sentabr
🎮 Platformalar: PC, PS5, Xbox Series va Nintendo Switch 2

🇷🇺 Ruscha dublyaj mavjud.
👍30❤8🤣2💋1
August 24, 2026 3.8K