Hurmatli Murotjon Berdialiyevich! Sizni Vatanimiz taraqqiyoti… — FC NASAF — TG.ME

Hurmatli Murotjon Berdialiyevich!

Sizni Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz munosib e’tirof etilib, yuksak davlat mukofoti — «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlanganingiz munosabati bilan «Nasaf» professional futbol klubi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. El-yurt ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringiz doimo barakali va samarali bo‘lsin!
Yuksak davlat mukofoti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
🔵 «Nasaf» professional futbol klubi jamoasi

@fcnasaf
🔥160👍77❤52👏12👎10🤗3🤩2⚡1
August 24, 2026 18.1K 14