❓ Bilamizki, stadionlar har bir tafsilotni kuzatib boradigan kameralar bilan to‘la.
Hansi Flick sizni almashtirishga qaror qilganida, zaxira o‘rindig‘ida yuz ifodalaringizni kuzatib turadigan kamera doimo bo‘ladi va bu kadrlar ko‘pincha ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Sizni almashtirilganingizdan keyin jahlingiz chiqqanini ko‘rsak, bunga sabab o‘yinni davom ettirishni xohlaganingizmi yoki o‘z o‘yiningizdan norozi bo‘lganingizmi?
🎙️ Lamine Yamal: Qaysi o‘yinni nazarda tutyapsiz?
❓ Masalan, yaqindagi “Elche”ga qarshi o‘yin. Ammo bu holat bir necha bor takrorlangan va doim “Laminening yuz ifodalari” haqida gap-so‘zlar bo‘ladi.
🎙️ Lamine Yamal: Bilmayman, bu o‘yinga bog‘liq. Oxirgi safar esa sabab oddiy edi: havo juda issiq bo‘lgandi va charchagan edim.
To‘g‘ri, o‘yin men xohlagandek kechmadi. Ammo sizlar bundan 45 xil hikoya yasaysizlar, aslida esa yagona haqiqat shuki, biz 40 daraja issiqda o‘ynagandik.
www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!
Instagram | Telegram

89
25
8
1September 8, 2026 8.1K 6