❓ Siz yaqindagina 50 ta golga yetib, buni amalga oshirgan eng yosh futbolchiga aylandingiz. Jahon chempioni va Yevropa chempioni bo‘ldingiz, “Barcelona”dagi mavqeingizni mustahkamlab, jamoa sardorlaridan biriga aylandingiz.
Mavsumni kuchli boshlaganingizdan so‘ng, individual va jamoaviy miqyosda o‘zingizga qanday maqsad va chaqiriqlar qo‘yyapsiz?
🎙 Lamine Yamal: Jamoaviy maqsadlar borasida, menimcha, buni allaqachon aytdim: biz sovrinlarni qo‘lga kiritishda davom etishni va, albatta, juda nufuzli musobaqa — Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istaymiz.
Individual jihatdan esa rivojlanishda davom etishni xohlayman.
Men hali juda yosh futbolchiman va yaxshilashim kerak bo‘lgan ko‘plab jihatlar bor. Ammo tinglashda va o‘rganishda davom etsam, doimo rivojlana olishimga ishonaman. Mening maqsadim ham shu.
www.FCB.uz – “Barça” muxlislari sayti!
Instagram | Telegram

88
40
3
3September 8, 2026 12K 10