🗣 Christian Blasco (SPORT):
Rodri birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushganidanoq barcha bahslarga chek qo'ydi.
Maydondagi 60 daqiqa davomida Rodri jamoaga kelganidan beri ko'tarilayotgan bir qancha savollarga amalda javob berdi: "Barcelona"ga u haqiqatan ham kerakmidi? Jismoniy taraflama bardosh bera oladimi? Pedri bilan kuchli juftlik hosil qila oladimi?
"Valencia"ga qarshi o'yindagi harakatlar raqib darajasini hisobga olganda ham ushbu shubhalarning katta qismini yo'qqa chiqardi.
Rodrining eng asosiy ustunligi — o'yinni chuqur tushunishi, jismoniy kuchi va yuqori pas texnikasi evaziga bosim ostida ham uchrashuv tempini mukammal boshqara olgani bo'ldi.
Uning maydonda borligi "Valencia"ni ortga chekinishga majbur qildi va Pedriga hujumga o me'yorda o'tish uchun ko'proq erkinlik berdi. Shuningdek, Ferminga ham dadilroq harakat qilish imkonini yaratdi, chunki uning ortida to'p yo'qotilgan holatlarda jamoa xavfsizligini ta'minlaydigan o'yinchi bor edi.

482
96
38
3
2September 6, 2026 31.5K 41 1